NEFROLIN

Buyraklar endi bezovta qilmaydi!

Qo'shimcha ma'lumot
papainol
Xususiyatlari:
- Buyrak va siydik yo'llarining surunkali yallig'lanishi va shamollash kasalliklariga qarshi (pielet, pielonefrit, uretrit, tsistit, prostatit);
- Buyraktosh kasalligida (buyrak, siydik yo'li, siydik qopidagi tuzlarni haydashda) yordam beradi!
Tarkibi:
Pol-Pola - (Pol pola) 95 mg Ro'yan - (Rubia Tinctorum L) 70 mg Oddiy brusnika - (Vaccinium Vitis-idaea L) 48 mg Buyrakchoy - (Follum Orthophonis L) 48 mg Chumchuqtil - (Poligonum Aviculare L) 95 mg Yordamchi moddalar: kraxmal, saxaroza.
Qo'llanilishi:
- Buyrak va siydik yo'llarining surunkali yallig'lanishi va shamollash kasalliklariga qarshi (pielet, pielonefrit, uretrit, tsistit, prostatit); - Buyraktosh kasalligida (buyrak, siydik yo'li, siydik qopidagi tuzlarni haydashda); - O't yo'llari tosh kasalligi xolistitsit, xolangit; - Homiladorlik turli davrlaridagi pielonefrit; - Buyraktosh kasalligidagi operatsiya jarayonidan keyingi umumiy muolajaga yordamchi vosita sifatida; - Umurtqa ostexondrozi, podagra, artrit kasalliklarida.
Qo'llash usuli:
Nefrolin kapsulalari ovqatdan 5-10 daqiqa oldin ko'p miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi. - Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun 2 kapsuladan, 3 mahal; - 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1 kapsuladan, 3 mahal; Davolanish muddati individual tarzda belgilanadi. Surunkali kasalliklarda davolanish muddati 30 kun. Zarurat bo'lganda davolanish kursi takrorlanadi.
Nojo'ya ta'sirlar:
Juda kam hollarda preparatning tarkibidagi ayrim moddalarga nisbatan sezuvchanlik. Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Ayrim moddalarni individual qabul qila olmaslik. 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga. Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri: Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dorixonalarda berish tartibi: Retseptsiz.
Chiqarish shakli:
- Jelatin kapsulalar 30 tadan blisterlarda karton qutida qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga joylanadi..
Saqlash sharoiti:
Nefrolin yorug'likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.